Televideniyedagi maynavozchilik: alifboni bilmaydigan boshlovchi

Yaqinda “Mening yurtim” telekanalidagi “Mahorat” ko’rsatuvini tomosha qilib, yoqa ushladim. Negaki, ushbu ko’rsatuv boshlovchisi (ism sharifini keltirishni joiz deb topmadik) savodi qanchalik ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Uning dastur mehmonlari Samandar Hamroqulov va Manzuralar bilan alifbo harflari bilan boshlanadigan gap aytish shartida aytgan so’zlarini eshitib, “televideniye boshlovchisi nahotki shu oddiy narsalarni bilmaydi?” degan o’rinli savol tug’ildi. Chunki shart davomida dastlab “x” harfiga navbat kelganida “xarakat” so’zi ishlatildi. Vaholanki, bu so’z “xarakat” emas, “harakat” tarzida yoziladi. Bu ham mayli, har holda   “xarakat” so’zidan ham amallab ma’no chiqarsa bo’lar. Eng dahshatlisi, navbat “ch” harfiga kelganda “chunarsiz” so’zi ishlatildi. O’shandan keyin lug’atimizni qayta-qayta titkilab ham bu so’zni topolmadik. Ko’rsatuvda ishtirok etgan oliy ma’lumotli insonlar tugul maktab o’quvchisi ham “chunarsiz” degan so’z yo’qligini, bu, aslida, “tushunarsiz” shaklida yozilishini biladi-ku.

To’g’ri, shevada bu so’z “chunarsiz” tarzida talaffuz qilinishi mumkin. Ammo bu televideniye, choyxona emas.

Nahotki, televideniye xodimlari shunchalik mas’uliyatsizki, bu xato ko’rsatuv efirga uzatilgunga qadar tuzatilmadi? Yoki ko’ngilochar ko’rsatuvda “hamma narsa mumkin” qabilida ish tutildimi? Bu nima- mas’uliyatsizlikmi yoki savodsizlik?

Бу янгиликни бошқалар билан ўртоқлашинг:

Опубликовать в Google Plus
Опубликовать в Мой Мир
Опубликовать в Одноклассники

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Муносиб номзодга овоз беринг!
Муносиб номзодга овоз беринг!
Ҳафта афоризми
Ҳафта афоризми
Календар
Октябрь 2016
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен   Ноя »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  
Кузатиб боринг!
Кузатиб боринг!
Боғланиш учун
Боғланиш учун
Мақолалар архиви