Ayollarning 5 ta yomon dugonasi

Ayollar o`rtasida do`stlik bo`lmasligi haqidagi afsonaga ishonmang, ayollar dugonasiz yashay olmaydi. Axir ayol yarim kechasi uyqusi kelmaganda kimga qo`ng`iroq qilib, erining, bolalarining dardu-hasratini dasturxon qiladi? Mabodo birorta libos sotib olsa, uni kim bilan muhokama qiladi? Albatta, dugonalari bilan! Ammo hamma ham samimiy, haqiqiy dugona bo`lavermaydi, ularning chinakam maqsadini aniqlash mushkul ish emas, deydi “Darakchi.uz “, “Sosmo.ru” nashriga tayanib.

Hasadgo`y

Bunday dugona hamma tomonlama mukammal inson bo`lishi mumkin, ammo uning bitta aybi bo`ladi – hasadgo`ylik! U sizga yaqin dugona bo`lib ko`ringani bilan ich-ichidan hasad qilishi, ammo buni sizga bildirmasligi mumkin. Unda sizda bor narsalarga erishish istagi judayam kuchli bo`ladi, lekin buni sezdirmaydi, axir u sizning dugonangiz. Ammo vaqti-soati kelib, u bunga erishadi. Keyinchalik esa bundan afsuslanadi. Bu voqeaga kim aybdor deb o`ylaysiz? Albatta, o`zingiz! Erishgan yutuqlaringiz haqida hadeb maqtanmaslik kerak edi. Bunday dugonadan tezda voz kechish lozim.

Xudbin

Yarim tunda qo`ng`iroq qilishingizga qaramay, yugurib etib keladigan, qahvaxonaga yolg`iz borishni istamaganingizda o`zi xohlamasa-da, sizga sherik bo`ladigan dugona avvalo sizni emas, o`zini o`ylaydi. Uni sizni hayotingiz qiziqtirmaydi, balki uning muammolarini tinglaydigan odam kerak. Siz unga “Dugonajon, erim bilan urushib qoldim”, desangiz, qoshlarini chimirgancha, sizni tinglamay, o`zining dardini doston qiladi.

Qutqaruvchi

Hech qanday muammo bezovta qilmayotgan bo`lsa-da, dugonangiz bilan ta`til haqida gaplashishni istasangiz, unda siz uchun tayyor yo`riqnoma mavjud bo`ladi. “Bunday ko`rinishda plyajda yurishing uyat, zudlik bilan parhez qil!” deydi u mehribonlik bilan. U sizga aeroportga qo`shnisi bepul olib borib qo`yishi mumkinligini aytadi, sizga esa xizmatning “bepulligi” yoqib tushadi. Dugonangiz sizga g`amxo`rlik qilgani uchun o`zini mehribon ona deb hisoblaydi. Agar uning aytganini qilmasangiz, jazolashga harakat qiladi. Albatta, bu yoqimli holat emas.

Badbaxt qurbon

Bu ayolni hamma xafa qilaveradi, agar hech kim e`tibor bermay qo`ysa, o`zini bedavo kasallikka chalingan insonday tutadi. Axir kimdir uning ko`z yoshlarini artib qo`yishi,  uning tarafini olishi lozim deb hisoblaydi! Albatta, bu vazifani siz bajarasiz. Do`stona yordam berishning yomon tomoni yo`q, ammo qahramonlik ko`rsatmay, xotirjam bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurish yaxshiroqmidi?

O`z so`zini o`tkazadigan

Bunday dugona biror yangilikni ko`rib qolsa, darrov atrofdagilar noto`g`ri yashayapti, men ularga o`rgatishim lozim degan xulosaga keladi. Uning qalbida inqilob qilish istagi alangalanadi. Agar unga ko`chadan topib olgan kasal mushukni davolatishi uchun pul bermasangiz, sizni shafqatsizlikda ayblaydi, bunday dashnomlarni eshitmaslik uchun muntazam ravishda pul berib turadigan bo`lasiz. Agar unga o`xshab vegetarianlikni tanlamasangiz, go`sht eganingiz uchun yirtqichlikda ayblaydi. Faqat uning aytganini bajarib yashash, bir kun joningizga tegadi, yaxshisi do`stlik aloqalarini ertaroq uzganingiz ma`qul.

Бу янгиликни бошқалар билан ўртоқлашинг:

Опубликовать в Google Plus
Опубликовать в Мой Мир
Опубликовать в Одноклассники

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Муносиб номзодга овоз беринг!
Муносиб номзодга овоз беринг!
Ҳафта афоризми
Ҳафта афоризми
Календар
Октябрь 2016
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
« Сен   Ноя »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  
Кузатиб боринг!
Кузатиб боринг!
Боғланиш учун
Боғланиш учун
Мақолалар архиви